Jahon

Netanyahu Eronning yangi oliy rahbariga va “Hizbulloh” yetakchisiga o‘lim bilan tahdid qildi

Shuningdek, Isroil bosh vaziri Eron rejimini ichkaridan ag‘darish uchun zarur sharoit yaratilayotganini aytdi.

Netanyahu Eronning yangi oliy rahbariga va “Hizbulloh” yetakchisiga o‘lim bilan tahdid qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Mujtabo Xomanaiyga “hayot sug‘urtasi” bermasligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Netanyahu Eron bilan urush boshlanganidan buyon ilk bor matbuot anjumanida ishtirok etdi. U Eron “endi avvalgidek emasligini” va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi hamda Basij yarimharbiy kuchlariga zarba berilganini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, u urushga qo‘shilgan Livanning "Hizbulloh" guruhi bilan hujumlar davom etishini bildirdi. Eronning sobiq oliy rahbari Ali Xomanaiy 28-fevral kuni havo hujumlari natijasida halok bo‘lgach, 2-mart kuni “Hizbulloh” Isroilga qarshi zarbalar berdi. Xabarlarga ko‘ra, Livan guruhi bu harakatni Xomanaiyning o‘limi uchun qasos deb atadi. Ali Xomanaiyning o‘rnini o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy egalladi.

 

Netanyahu Eronning yangi oliy rahnamosi va “Hizbulloh” yetakchisiga qarshi qanday choralar ko‘rilishi haqida so‘ralganda, u: “Men terrorchi tashkilot rahbarlaridan birortasiga ham hayot sug‘urtasi polisini bermagan bo‘lardim… Bu yerda nimalarni rejalashtirayotganimiz yoki nima qilmoqchi ekanimiz haqida aniq hisobot berish niyatim yo‘q”, — deb javob berdi.

 

Isroil bosh vazirining ma’lum qilishicha, Eronga qilinayotgan hujumning maqsadi Tehronning yadroviy va ballistik raketa dasturlari tufayli yuzaga kelayotgan “ekzistensial tahdidni bartaraf etish”dir. 

 

Shu bilan birga, u eronliklarni hukumatga qarshi qo‘zg‘alonga undash orqali rejimni ag‘darishga chaqirgan.

 

Netanyahu urush boshlanganidan beri Eron hukumatiga qarshi norozilik alomatlari kuzatilmaganini qayd etdi va: “Biz rejimni ag‘darish uchun optimal sharoitlarni yaratmoqdamiz, ammo Eron xalqi rejimni ichkaridan ag‘daradi. Biz yordam bera olamiz va yordam beryapmiz”, — dedi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.