Jahon

Ozarbayjonda qo‘lga olingan qo‘qonlik tabib qo‘yib yuborildi

Iqboljon Soliyev Bokudagi xususiy shifoxonada bemorlarni ruxsatsiz ko‘rikdan o‘tkazgani uchun hibsga olingan edi.

Ozarbayjonda qo‘lga olingan qo‘qonlik tabib qo‘yib yuborildi

Xalq tabobati bilan shug‘ullanuvchi Iqbol Soliyev Ozarbayjonning Boku shahridagi BI ES VIP klinikasida qo‘lga olingandi. U oradan ko‘p vaqt o‘tmay qo‘yib yuborildi. Bu haqda Lenta.az xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, politsiya bo‘limida Iqbol Soliyevga nisbatan qonunchilikka muvofiq tegishli intizomiy choralar ko‘rilgan.

 

Shundan so‘ng uni Ozarbayjondan chiqarib yuborish ta’minlangan.

 

Soliyev Bokudagi klinikalardan birida bemorlarni ruxsatsiz tarzda qabul qilgani ortidan hibsga olingan edi. Uning qabuliga kelganlar soni ko‘pligi sabab muassasa hududida katta navbatlar va tartibsizliklar yuzaga kelgan. U o‘zini bioenergiya, energiya terapiyasi bilan davolovchi sifatida tanishtirib, har bir bemor uchun 60 manat (400 ming so‘m) atrofida haq olgan.

 

Klinika ma’muriyati esa Soliyev ushbu tibbiyot muassasasining rasmiy xodimi emasligini bildirgan. Shunga qaramay, u ikki kun davomida bemorlarni qabul qilganidan so‘ng klinikani tark etgan.

 

Avvalroq Soliyev Farg‘ona viloyat sudi qaroriga ko‘ra 10 sutkaga qamalgan edi. Keyinchalik u o‘zining Instagram sahifasida ozodlikka chiqqanini ma’lum qilib, tabobat faoliyati uchun rasmiy ruxsati yo‘qligi haqidagi xabarlarni rad etgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.