O'zbekiston

Pokistondan O‘zbekistonga ilk charter yuk reysi orqali 17 tonna go‘sht olib kelindi

Havo yuk tashish hajmi bosqichma-bosqich 100 tonnagacha oshirilishi rejalashtirilgan.

Pokistondan O‘zbekistonga ilk charter yuk reysi orqali 17 tonna go‘sht olib kelindi

O‘zbekiston va Pokiston oʻrtasida oziq-ovqat taʼminoti sohasida ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan birinchi charter yuk reysi muvaffaqiyatli yakunlandi.

 

12-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:10 da Lahordan kelgan Boeing 737 samolyoti orqali Toshkent xalqaro aeroportiga oziq-ovqat mahsulotlari, xususan 17 tonna go‘sht yetkazib berilgan.

 

Parvoz Pokistonning Air Eagle aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu reys Air Speed Charter charter aviakompaniyasi tashabbusi bilan bajarilgan va kelajakda shunga o‘xshash yuk reyslarini muntazam amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Loyihaga ko‘ra, havo yuk tashish hajmi bosqichma-bosqich oshirilishi kutilmoqda. Oxir-oqibat, har bir reysda tashiladigan yuk hajmi 100 tonnagacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

custom img

Endi O‘zbekistonda “dom”larning balkoniga kir yoyish taqiqlanadi

Yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalarni balkonlar va lodjiyalarga o‘rnatish, u yerda og‘ir buyumlarni saqlash man etiladi.

custom img

“Elektron retsept” tizimi bekor qilinmaydi — SSV

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tizim bekor qilinishi yuzasidan tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritildi.

custom img

Milliy markaz va Odil sudlov akademiyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida sud tizimida inson huquqlari bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlik kuchaytiriladi.

custom img

44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari ishdan olindi

Shuningdek, “jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun” “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali rahbarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berildi.

custom img

Toshkent metrosi yer usti halqa liniyasida ish vaqti o‘zgartiriladi

Metro poyezdlari endilikda bir soat oldindan harakatlana boshlaydi.

custom img

Ugom daryosi davlat gidrologik tabiiy yodgorligiga aylantiriladi

Ugom daryosi va uning havzasida bioxilma-xillikni asrash, suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha yangi master-reja ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshirilishi rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya, chiqindilarni boshqarish va suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli takliflar bilan tanishdi.

custom img

Toshkent—Xiva yo‘nalishidagi yangi tezyurar poyezd qatnovi 3-maydan yo‘lga qo‘yiladi

“Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi haftasiga 3 kun qatnab, safar vaqti 7,5 soat atrofida bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"