Jahon

Rossiya Erondagi urush tufayli neftdan kuniga qo‘shimcha 150 million dollar daromad olmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik Rossiyaga 12 kun ichida jami 1,3-1,9 milliard dollar daromad keltirdi.

Rossiya Erondagi urush tufayli neftdan kuniga qo‘shimcha 150 million dollar daromad olmoqda

Yaqin Sharqdagi vaziyat kuchayishi va neft narxining o‘sishi tufayli Rossiya xomashyo eksportidan qo‘shimcha daromad olmoqda. Financial Timesning taxminlariga ko‘ra, hozirda Rossiya byudjeti rejalashtirilgan daromaddan kuniga taxminan 150 million dollar qo‘shimcha tushum olmoqda. 

 

Ma’lum qilinishicha, urushning dastlabki 12 kunida Rossiyaning neft daromadi 1,3–1,9 milliard dollarga oshgan. Agar neft narxi barrel uchun 70–80 dollar atrofida qolaversa, mart oyida Rossiya byudjetiga tushadigan qo‘shimcha daromad 3,3–4,9 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.

 

AQSH Hindistonga Rossiya neftini sotib olishni vaqtinchalik ko‘paytirishga ruxsat bergach, Hindiston kompaniyalari yangi shartnomalarni tezlashtirdi. 

 

Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, faqat besh kun ichida ular taxminan 30 million barrel neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi – bu fevral oyida sotib olingan jami miqdor bilan teng.

 

Shuningdek, Xitoy neftni qayta ishlash korxonalari ham xaridlarni oshirmoqda. Tahlilchilarning qayd etishicha, agar inqiroz davom etsa, Hindiston va Xitoy Rossiya nefti uchun raqobatga kirishishi mumkin, bu esa hozirda bir barrel neft narxining (85 dollar) yanada oshishiga olib keladi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.