Jahon

Rossiyada 15 kishilik narkoguruh qo‘lga olindi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor

44 kilogrammdan ortiq giyohvand modda musodara qilindi.

Rossiyada 15 kishilik narkoguruh qo‘lga olindi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida uyushgan jinoiy guruh faoliyati yuzasidan olib borilgan tergov yakuniga yetdi. Mazkur ish doirasida 15 nafar shaxs uyushgan jinoyatchilik guruhida ishtirok etish hamda giyohvand moddalarni noqonuniy aylanishida ayblanmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar orasida O‘zbekiston, Tojikiston hamda Rossiya fuqarolari bor. Ular turli hududlarda faoliyat yuritgan yirik narkoguruh tarkibida ishlaganlikda gumon qilinmoqda.

 

Aniqlanishicha, jinoiy guruh giyohvand moddalarni internet orqali tashkil etilgan onlayn-do‘konlar orqali tarqatib kelgan. Narkotik moddalar Sverdlovsk viloyati, Kurgan viloyati, Voronej viloyati, Moskva viloyati hamda Perm o‘lkasi hududlarida ham tarqatilgan.

 

Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida gumonlanuvchilardan geroin va metadon kabi 44 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar musodara qilingan.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, mazkur guruh jami 134 ta turli og‘irlikdagi giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan.

 

Barcha gumonlanuvchilar hibsga olingan. Ularga nisbatan jinoiy tashkilotda ishtirok etish hamda giyohvand moddalar savdosiga urinish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Jinoyat ishi Kurchatovskiy tuman sudiga yuborilgan bo‘lib, sud jarayoni yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.