O'zbekiston

Saudiya Arabistonidan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish ishlari yakunlandi.

Yaqin Sharqdan 32 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi.

Saudiya Arabistonidan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish ishlari yakunlandi.

13-mart kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, xorijda bo‘lgan 32 934 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 12-mart kuni O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi ko‘magida 49 nafar fuqaro BAA va Saudiya Arabistoniga yetkazilib, u yerdan Toshkentga uchib ketishi ta’minlangan. 

 

“Hozirda navbatdagi fuqarolar guruhi shakllantirilmoqda va ularning Doha shahridan Dubay orqali O‘zbekistonga qaytishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

 

BAAdagi diplomatik vakolatxonalar yordamida 147 nafar fuqaro Toshkentga jo‘natilgan. Erondagi elchixona esa 5 nafar vatandoshning qo‘shni davlatlar hududi orqali chiqib ketishiga ko‘maklashgan.

 

Shu bilan birga, Isroilda bo‘lgan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosining Misr orqali Vatanga qaytishi tashkil etilgan.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, Jidda shahridagi bosh konsulxonasi hamda Transport vazirligi hamkorligida charter reyslari orqali 2 735 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan. Mazkur mamlakatda evakuatsiya jarayoni yakunlangan.

 

Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarini xavfsiz tarzda Vatanga qaytarish bo‘yicha diplomatik vakolatxonalar faoliyati davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Saudiya Arabistonidan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish ishlari yakunlandi. | Zamon.uz