O'zbekiston

Xalq qabulxonalari tizimi yangilanadi: arizalarni qabul qilishdan tashqari muammolarni diagnostika qiladigan markaz bo‘ladi

Yangi tizim doirasida hokimlik, banklar, shahar bandlik va MIB bo‘limlari hamkorligida fuqarolar tadbirkorlikka jalb qilinadi, ishsizlar hududdagi sanoat va servis korxonalaridagi vakant o‘rinlarga joylashtiriladi.

Xalq qabulxonalari tizimi yangilanadi: arizalarni qabul qilishdan tashqari muammolarni diagnostika qiladigan markaz bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-mart kuni videoselektor yig‘ilishida Xalq qabulxonalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yangi tizimni joriy qilishni ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xalq qabulxonalari tashkil etilgan ilk yillarda murojaatlarning 90–95 foizi shikoyat shaklida bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 60–65 foizga tushgan. 

 

“Bugun odamlar shaxsiy masaladan ko‘ra, mahallalaridagi sharoitni yaxshilash bo‘yicha taklif berishni afzal ko‘ryapti. Lekin muammosi hal bo‘lmagan fuqarolar rahbarlar qabulini tashkil qilishni so‘ramoqda. Endi hokimlar faqat arizada ko‘tarilgan masalani hal qilish bilan cheklanmaydi, balki muammoning kelib chiqish sababini aniqlab, yechim topishi zarur”, – dedi davlat rahbari.

 

Shu bois Xalq qabulxonalari endi faqat ariza qabul qiluvchi organ emas, balki hududdagi muammolarni diagnostika qiladigan markaz sifatida faoliyat yuritadi.

 

Prezident yangi tizim qanday ishlashini Qarshi shahri misolida tushuntirdi. O‘tgan yili shahar Xalq qabulxonasiga 11 mingta murojaat kelib tushgan. 

 

Misol uchun, 255 nafar aliment to‘lovchining sabablari o‘rganilganda, ularning 193 nafari kasb-hunari bor bo‘lishiga qaramay ishsiz ekani, yana 62 nafari daromadini kamaytirib ko‘rsatayotgani aniqlandi.

 

Yangi tizim doirasida hokimlik, banklar, shahar bandlik va MIB bo‘limlari hamkorligida fuqarolar tadbirkorlikka jalb qilinadi, ishsizlar hududdagi sanoat va servis korxonalaridagi vakant o‘rinlarga joylashtiriladi. Xorijda ishlashni xohlovchi aliment to‘lovchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzilib, ular til va kasbga o‘rgatilib, xorijga yuqori daromadli ishlarga yuboriladi.

 

Shuningdek, shahar soliq inspeksiyasi va Bosh prokuratura departamenti hamkorligida daromadini yashirayotganlar aniqlanib, ularning faoliyati “soyadan” chiqariladi. 


Shunda aliment to‘lovchilar qaramog‘ida bo‘lgan 700 ga yaqin bolaning moddiy ta’minoti o‘zgarishi ta’kidlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Xalq qabulxonalari tizimi yangilanadi: arizalarni qabul qilishdan tashqari muammolarni diagnostika qiladigan markaz bo‘ladi | Zamon.uz