O'zbekiston

Andijonda MIB orqali farzand onasiga olib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, ayolning sobiq turmush o‘rtog‘i bolani onasiga berishni istamagan.

Andijonda MIB orqali farzand onasiga olib berildi

Bola tarbiyasida onaning o‘rni beqiyos. Uning mehri, g‘amxo‘rligi va shafqati bolaning shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Turli hayotiy holatlar tufayli ona va farzand o‘rtasidagi aloqaning uzilishi esa bola ruhiyatiga jiddiy taʼsir ko‘rsatadi.

 

Uch nafar farzandning onasi — S.D. oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush o‘rtog‘ining uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Biroq 5 yoshli qiz farzandini o‘zi bilan olib ketish imkoniyati bo‘lmagan. Shu bois u farzandlarini qaytarib olish maqsadida sudga murojaat qilgan.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining ijro hujjatiga ko‘ra, bola ona tarbiyasiga olib berilishi belgilangan. Biroq, ayolning sobiq turmush o‘rtog‘i bolani onasiga berishni istamagan. Natijada, Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

 

Ayolning aytishicha, u turmush o‘rtog‘idan ajrashganiga 6 oydan oshgan va shu davr mobaynida farzandini ko‘ra olmagan.

 

Albatta, bunday ijro jarayonlari oson kechmaydi — taraflar o‘rtasidagi qarshiliklar, murosasizlik va kelishmovchiliklar bu jarayonni yana-da murakkablashtiradi. Ammo davlat ijrochisining kasbiy mahorati va masʼuliyati ortidan sud hujjatining ijrosi to‘liq taʼminlandi. Bola ona quchog‘iga qaytdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.