Jahon

Dunyo sog‘liqni saqlashdan ko‘ra urushlarga ko‘proq mablag‘ sarflamoqda — JSST

2025-yilda global harbiy xarajatlar 2,7 trillion dollarga yetgani ma’lum qilindi.

Dunyo sog‘liqni saqlashdan ko‘ra urushlarga ko‘proq mablag‘ sarflamoqda — JSST

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus 13-Global Boku forumida mamlakatlarni harbiy xarajatlarni oshirish o‘rniga ustuvorliklarini qayta ko‘rib chiqishga va kelajakdagi pandemiyalarga tayyorgarlikni kuchaytirishga chaqirdi.

 

Uning ta’kidlashicha, global harbiy xarajatlar 2025-yilda 2,7 trillion dollarga yetgan bo‘lib, bu 2030-yilga kelib ocharchilikni tugatish uchun zarur bo‘lgan mablag‘dan qariyb 30 baravar ko‘pdir.

 

Shuningdek, u COVID-19 pandemiyasini “ko‘rinmas dushman” deb atab, bu kasallik taxminan 20 million inson hayotiga zomin bo‘lganini va global iqtisodiyotga 10 trillion dollardan ortiq zarar yetkazganini eslatdi. Bu ko‘rsatkich zamonaviy tarixdagi ko‘plab urushlarning iqtisodiy oqibatlaridan ham yuqori ekani ta’kidlandi.

 

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasi xalqaro hamkorlik uchun muhim platformaga aylanishi kerak.

 

JSSTga a’zo davlatlar pandemiyalar bo‘yicha kelishuvni qabul qilgan bo‘lib, u ratifikatsiya qilingandan so‘ng global tayyorgarlikni mustahkamlashda muhim vositaga aylanishi kutilmoqda.

 

Bundan tashqari, patogenlarni almashish mexanizmi hamda vaksinalar va dori-darmonlarga teng huquqli kirishni ta’minlash bo‘yicha xalqaro muzokaralar olib borilmoqda.

 

“Biz bitta turmiz, bir sayyorada yashayapmiz, bir xil DNKga egamiz va bir xil tahdidlarga duch kelamiz”, — dedi Gebreyesus. U mamlakatlar va xalqaro institutlar o‘rtasidagi ishonchni tiklash kelajakdagi global inqirozlarga samarali javob berishning muhim sharti ekanini ta’kidladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.