Jahon

Eron AQSh bilan kelishuv tuzishni istamoqda — Tramp

Tramp ayrim OAVlarni harbiy harakatlarni to‘liq yoritmayotganligini tanqid qildi.

Eron AQSh bilan kelishuv tuzishni istamoqda — Tramp

Donald Tramp Eron rasmiylari AQSh bilan tinchlik kelishuvi tuzishga tayyor ekanini, biroq taklif etilayotgan shartlar Vashingtonni qoniqtirmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirgan.

 

AQSh prezidenti o‘z bayonotida ayrim ommaviy axborot vositalarini tanqid qilib, ularning AQSh qurolli kuchlarining Eron qarshi olib borayotgan harbiy harakatlari haqida yetarlicha xabar bermayotganini ta’kidlagan.

 

“Yolg‘onchi OAV AQSh qurolli kuchlarining Eronga qarshi qanchalik muvaffaqiyatli harakat qilayotganini yoritishni istamayapti. Eron to‘liq tor-mor etilgan va kelishuv tuzishni xohlaydi, biroq men rozi bo‘ladigan darajadagi shartlar bilan emas”, — deb yozgan Tramp.

 

Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSh va Isroil Eron hududiga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi. Zarbalar ostida Eronning yirik shaharlari, jumladan, Tehron ham qolgan.

custom img

Dunyo sog‘liqni saqlashdan ko‘ra urushlarga ko‘proq mablag‘ sarflamoqda — JSST

2025-yilda global harbiy xarajatlar 2,7 trillion dollarga yetgani ma’lum qilindi.

custom img

Eron FIFAdan AQShning Jahon chempionatini o'tkazish huquqini bekor qilishni talab qildi

Sport vazirining ta’kidlashicha, Eron atrofidagi harbiy mojaro va urush holati musobaqaga tayyorgarlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp Putinning Eron uranini Rossiyaga ko‘chirish taklifini rad etdi

Mazkur taklif AQSh-Isroil va Eron urushini yakunlash bo‘yicha kelishuvning bir qismi sifatida ko‘rilgan.

custom img

Eron yuanda savdo qilish sharti bilan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan neft tankerlarini o‘tkazishi mumkin

Jahonda neft savdosi AQSh dollarida amalga oshiriladi. Faqatgina sanksiyalarga uchragan Rossiya nefti savdosida rubl yoki Xitoy yuani ishlatiladi.

custom img

Surxondaryoda erkak mavjud bo‘lmagan Cobalt avtomobilini 14 kishiga sotdi

U xaridorlardan yangi shinalar qo‘yish uchun oldindan to‘lov qilishni so‘ragan. Pullarni olgach, yozishmalarni o‘chirib yuborgan.

custom img

Eron bilan urush men uni yakunlanishini his qilganimda tugaydi tugaydi — Donald Tramp

AQSH prezidenti Eron bilan urushning aniq tugash muddatini belgilamadi.

custom img

AQSH Eronning yuqori martabali amaldorlari haqidagi ma’lumotlar uchun 10 mln dollar mukofot va’da qildi

Qo‘shma Shtatlar Eronning muhim 10 nafar amaldori haqida ma’lumot olishni maqsad qilgan.

custom img

Nobel mukofoti endi meni qiziqtirmaydi — Tramp

AQSh prezidenti Eronga qarshi operatsiyalar va Nobel mukofoti haqida gapirmasligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"