Eron bilan urush men uni yakunlanishini his qilganimda tugaydi tugaydi — Donald Tramp
AQSH prezidenti Eron bilan urushning aniq tugash muddatini belgilamadi.

Juma kuni Fox News bilan suhbatda Tramp mojaroning yaqin vaqt ichida tugashini kutayotganini aytgan, lekin zarurat bo‘lsa, urush cheksiz davom etishi ham mumkinligini qo‘shimcha qilgan. Prezident AQSHda o‘q-dorilar yetishmasligi haqidagi xabarlarni inkor etgan.
Shuningdek, boshqa bayonotlaridaTramp: “Men hozir yumshoq yo‘l tutyapman. Agar xohlasam, bir soat ichida Eronni yo‘q qilib yuborishim mumkin. Eron davlat sifatida hech qachon qayta tiklana olmasligi mumkin”, — degan.
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Eronda kimdir norozilik bildirmoqchi bo‘lsa, hukumati ularni pulemyot bilan otib tashlashini ham qo‘shimcha qilgan.







