Jahon

Eron FIFAdan AQShning Jahon chempionatini o'tkazish huquqini bekor qilishni talab qildi

Sport vazirining ta’kidlashicha, Eron atrofidagi harbiy mojaro va urush holati musobaqaga tayyorgarlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Eron FIFAdan AQShning Jahon chempionatini o'tkazish huquqini bekor qilishni talab qildi

Eron FIFAdan AQShning Jahon chempionatini o'tkazish huquqini bekor qilishni talab qildi

 

Sport vazirining ta’kidlashicha, Eron atrofidagi harbiy mojaro va urush holati musobaqaga tayyorgarlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

 

Eron hukumati FIFAdan harbiy mojaro sabab AQShning Jahon chempionatini o‘tkazish huquqini bekor qilishni talab qildi. Bu haqda Eron sport vaziri Ahmad Donyamali ma’lum qildi.

 

Vazirning ta’kidlashicha, Eron atrofidagi harbiy mojaro va mamlakatdagi urush holati tufayli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish bilan bog‘liq bir qator muammolar yuzaga kelmoqda.

 

“FIFA Qo‘shma Shtatlardan Jahon chempionatini o‘tkazish imkoniyatini tortib olishi kerak edi”, — dedi Donyamali CNN telekanaliga bergan intervyusida.

 

Uning qayd etishicha, turnir boshlanishiga uch oyga yaqin vaqt qolgan bo‘lsa-da, Eron hali ham urush sharoitida bo‘lib, bu holat mamlakatdagi ko‘plab faoliyat sohalariga, jumladan, aviaqatnovlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Shuningdek, vazir Qo‘shma Shtatlardagi eronlik sportchilarning xavfsizligi masalasidan xavotir bildirgan.

 

“Biz agar Meksika va FIFA tegishli sharoitlarni yarata olsa, o‘yinlarimizni Meksikada o‘tkazishga tayyor ekanimizni bildirdik. Biroq urush sharoitida buning uchun zarur shartlar hali ta’minlanmagan. Umid qilamanki, futbolchilarimiz Jahon chempionatida ishtirok eta oladigan sharoitlar yaratiladi, ammo hozircha bunday imkoniyat mavjud emas”, — degan u.

 

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqa 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Qur’a natijalariga ko‘ra, Eron terma jamoasi G guruhidan joy olgan bo‘lib, unda Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan bahs olib borishi kerak. Guruh o‘yinlari AQSh hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron FIFAdan AQShning Jahon chempionatini o'tkazish huquqini bekor qilishni talab qildi | Zamon.uz