Jahon

Eron yuanda savdo qilish sharti bilan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan neft tankerlarini o‘tkazishi mumkin

Jahonda neft savdosi AQSh dollarida amalga oshiriladi. Faqatgina sanksiyalarga uchragan Rossiya nefti savdosida rubl yoki Xitoy yuani ishlatiladi.

Eron yuanda savdo qilish sharti bilan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan neft tankerlarini o‘tkazishi mumkin

Yuqori martabali amaldorning CNN’ ga ma’lum qilishicha,  Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali cheklangan neft tankerlariga o‘tish ruxsatini berishni ko‘rib chiqmoqda, ammo bu uchun neft savdosi Xitoy yuanida qilinishi kerakligini shart qilib qo‘ymoqda.

 

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft tankerlarining oqimini boshqarish bo‘yicha yangi rejani ishlab chiqayotgani fonida mazkur qaror qabul qilinishi mumkin.

 

Jahonda neft savdosi AQSh dollarida amalga oshiriladi. Faqatgina sanksiyalarga uchragan Rossiya nefti savdosida rubl yoki Xitoy yuani ishlatiladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning energiya oqimi uchun muhim arteriya hisoblangan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq xavotirlar neft narxini 2022 yil iyulidan beri eng yuqori darajaga olib chiqdi (Rossiyaning Ukrainaga bosqini ortidan kuzatilgan yoz fasli).

 

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti juma kuni bo‘g‘oz orqali kemalarning harakati cheklansa, bu urushlar bo‘layotgan bir paytda insonparvarlik harakatlariga katta ta’sir ko‘rsatishidan ogohlantirdi.

 

BMT Insonparvarlik ishlari bo‘yicha kotibi Tom Fletcher: “Kemalar bo‘g‘oz orqali harakat qilishni to‘xtatganda, oziq-ovqat, dorilar va boshqa mahsulotlarni yetkazib berish qiyinlashadi va qimmatlashadi”, — dedi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron yuanda savdo qilish sharti bilan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan neft tankerlarini o‘tkazishi mumkin | Zamon.uz