O'zbekiston

Farg‘onada yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlari yaratiladi

Farg‘ona viloyatida turizm sohasini rivojlantirish, yangi loyihalarni shakllantirish va sohada mavjud muammolarni muhokama qilish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.

Farg‘onada yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlari yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi A. Aqqulov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, hududda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga muvofiq tashkil etilgan tashrif doirasida viloyat hokimligi, tegishli idoralar hamda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan 45 nafardan ortiq mahalliy tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda turoperatorlar, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish obyektlari, transport xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar, dam olish maskanlari va madaniy muassasalar vakillari qatnashdi.

 

Muloqot davomida viloyatda 2025-yilda turizm sohasida amalga oshirilgan loyihalar, erishilgan natijalar hamda sohaning hozirgi holati yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar — turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlarini yaratish, sayyohlar oqimini oshirish hamda xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

 

Tashrif davomida Turizm qo‘mitasi raisi hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, yangi turizm yo‘nalishlari hamda xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan ishlar bilan ham tanishdi.

 

Viloyat hokimi o‘rinbosari X. Axmedov hududda zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari barpo etilayotgani, shuningdek ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

 

Uchrashuv yakunida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida viloyatda turizmni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar bo‘yicha manzilli reja shakllantirildi. Mutasaddilarga mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

 

Mutaxassislar fikricha, mazkur tashabbuslarning amalga oshirilishi viloyatning turistik jozibadorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud iqtisodiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlari yaratiladi | Zamon.uz