O'zbekiston

Jizzax va Qoraqalpog‘istonda hokimiyat vakillari pora bilan qo‘lga olindi

Jizzaxda hokimlik bosh mutaxassisi 20 million so‘m, Qoraqalpog‘istonda esa hokimiyat vakili 3 ming dollar olganda ushlangan.

Jizzax va Qoraqalpog‘istonda hokimiyat vakillari pora bilan qo‘lga olindi

Korrupsiyaga qarshi tezkor tadbirlar natijasida Jizzax va Qoraqalpog‘istonda hokimiyat vakillari noqonuniy ravishda yer va pul mablag‘lari evaziga pora olgan paytda ushlandi. Bu haqda DXX Zamon.uz’ga ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvda, Jizzax viloyatining Zarbdor tumani hokimligi bosh mutaxassisi o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaroning yer maydonini auksionda rasmiylashtirib berish evaziga 20 mln so‘m olganligi aniqlandi.

 

Shuningdek, DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Xo‘jayli tumani hokimligi bosh mutaxassisi va tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi 41,6 gektar yer maydonini fermer nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.

 

Hozirda har ikki holat bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.