O'zbekiston

Karmana hokimi o‘qituvchilarni majburiy yig‘ib, bir soat turg‘izib qo‘ydi

Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.

Karmana hokimi o‘qituvchilarni majburiy yig‘ib, bir soat turg‘izib qo‘ydi

Karmana tumani hokimligi binosida 9-maktab o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rganilayotgani ma’lum qilindi.

 

Kun.uz nashrining yozishicha, tumandagi 9-maktabga borgan hokim Shohrux Boltayev o‘quvchilardan she’r aytishni va turli savollarga javob berishni so‘ragan. O‘quvchilar javob bera olmagan, bundan g‘azablangan hokim maktabning barcha o‘qituvchilarini avtobusga solib, tuman hokimligiga olib kelgan. Yig‘ilish davomida o‘qituvchilar qariyb bir soat tik turgan.

 

Hokim majburiy yig‘ilish bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari pastligi sababli o‘tkazilganini bildirgan. U shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga harakat qilayotganini ta’kidlagan.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Karmana tumanidagi 9-maktab bitiruvchilarining 61 foizi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan (tuman miqyosida 6-o‘rin), o‘rtacha ball ko‘rsatkichi esa 98,7. Shu bilan birga, 39 nafar bitiruvchilardan 38 nafari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega.

 

Xabarda qayd etilishicha, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, pedagoglarning huquqlari, sha’ni va kasbiy obro‘si davlat himoyasida, kasbiy faoliyatiga aralashish va kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlanadi.

 

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi pedagoglarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, kasbiy mavqe va obro‘ni saqlash hamda mansabdor shaxslarning pedagoglar faoliyatiga aralashishini qattiq qoralashini ma’lum qildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.