O'zbekiston

Samarqandda MIBdan yashirilgan Gentra yopinchiq ichidan topildi

Ayni paytda avtomobil belgilangan tartibda xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Samarqandda MIBdan yashirilgan Gentra yopinchiq ichidan topildi

Narpay tumanida qarzdor kredit qarzini to‘lamaslik uchun avtomashinasini yashirishga urindi. Biroq Majburiy ijro byurosi xodimlarining tezkor harakatlari natijasida u baribir aniqlandi.

 

Majburiy ijro byurosi Narpay tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqaro X.G. (ayol) dan undiruvchi “Hayot Bank” foydasiga 8,1 million so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish belgilangani maʼlum bo‘ldi. Ijro hujjatiga asosan qarzdorga tegishli “Chevrolet Gentra” rusumli avtotransport vositasiga qidiruv eʼlon qilingan.

 

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur avtomashina qarzdor tomonidan boshqa mahallada yashovchi ukasining xonadonida yopinchiq tagiga yashirib qo‘yilgani aniqlandi.

 

Davlat ijrochilari tomonidan avtomashina topilib, belgilangan tartibda xatlandi va jarima maydonchasiga joylashtirildi.

 

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha tizimli va qatʼiy choralar ko‘rilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"