O'zbekiston

Samarqandda SSSR pasporti bilan yashab kelgan ayolga ID karta berildi

U uzoq vaqt e’tiborsizlik va oilaviy sharoit sabab hujjatlarini rasmiylashtirmagan.

Samarqandda SSSR pasporti bilan yashab kelgan ayolga ID karta berildi

Adliya vazirligi Samarqand viloyatida uzoq yillar davomida sobiq SSSR pasporti bilan yashab kelgan fuqaroga O‘zbekiston fuqarosining ID kartasi rasmiylashtirib berilganini ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 1972-yil 21-dekabrda Nurota tumanida tug‘ilgan Kubayeva Onarxol Xoldorovna Qo‘shrabot tumanining “Quvkalla” mahallasida istiqomat qilib kelgan. U 1992-yilda Payariq tumanining “Nakurt” mahallasiga kelin bo‘lib tushgan.

 

Aniqlanishicha, fuqaro uzoq vaqt davomida e’tiborsizlik hamda oilaviy sharoitlarning yetarli darajada bo‘lmagani sababli sobiq SSSR pasporti bilan yashab kelgan. Shu bilan birga, u ushbu masala yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘ini, ichki ishlar organlari yoki FHDY bo‘limlariga murojaat qilmagan.

 

Masala Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, muammoni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Qo‘shrabot va Payariq tumanlari adliya bo‘limlari hamda Payariq tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi hamkorligida fuqaroning hujjatlari rasmiylashtirildi.

 

Natijada 2026-yil 14-mart kuni Kubayeva Onarxol Xoldorovnaga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID kartasi topshirilgan.

 

Adliya vazirligi fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, jumladan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilishini ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda SSSR pasporti bilan yashab kelgan ayolga ID karta berildi | Zamon.uz