Jahon

Surxondaryoda erkak mavjud bo‘lmagan Cobalt avtomobilini 14 kishiga sotdi

U xaridorlardan yangi shinalar qo‘yish uchun oldindan to‘lov qilishni so‘ragan. Pullarni olgach, yozishmalarni o‘chirib yuborgan.

Surxondaryoda erkak mavjud bo‘lmagan Cobalt avtomobilini 14 kishiga sotdi

Surxondaryoda 27 yoshli yigit soxta Telegram profili orqali mavjud bo‘lmagan Cobalt avtomobilini sotib, 14 kishidan pul olgani aniqlandi. Bu haqda Surxondaryo IIB xabar berdi.

 

Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi yigit Telegram’da soxta profil ochib, turli guruhlarda Cobalt avtomobili sotiladi degan e’lonlar joylashtirgan. Mashinani bozor bahosidan past ko‘rsatib, xaridorlarni jalb qilgan. U xaridorlardan mashinaga yangi shinalar qo‘yish uchun oldindan to‘lov olishni so‘ragan va pullarni olgach, yozishmalarni o‘chirib yuborgan.

 

Tergov davomida, gumonlanuvchi viloyatning Oltinsoy tumanidagi 3 nafar fuqaroga jami 8 million so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlangan. Umumiy hisobda u 14 nafar fuqaroning mablag‘larini o‘zlashtirgan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish ehtiyot choralari qo‘llangan.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.