O'zbekiston

Toshkent va Farg‘onada 8 kilogrammga yaqin gashishning tarqalishi to‘xtatib qolindi

Sirdaryodan noqonuniy suzib o‘tgan shaxs va yana bir necha fuqaro qo‘lga olindi.

Toshkent va Farg‘onada 8 kilogrammga yaqin gashishning tarqalishi to‘xtatib qolindi

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi. Bu haqda DXX Zamon.uz’ga ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Tojikistondan Sirdaryo daryosi orqali davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan Bekobodda yashovchi fuqaroning yonidan 5 kg 31 gramm gashish moddasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Yana bir holatda DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va bojxona organlari hamkorligida poytaxtdagi xususiy tibbiyot klinikalaridan birida tekshiruv o‘tkazildi. Holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan xonada davolanayotgan shaxsga tegishli 1 kg 367 gramm gashish moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

 

Shuningdek, tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona tumanida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi. U jinoiy sherigi tomonidan yashirin joyga qoldirib ketilgan 1 kg 21 gramm gashishni olayotgan vaqtida ushlangan. Uning yashash xonadonidan yana 2 gramm opiy ham ashyoviy dalil sifatida olingan. Tezkor choralar natijasida mazkur ish bo‘yicha uning sherigi — Farg‘ona shahrida yashovchi yana bir fuqaro ham qo‘lga olingan.

 

Yana bir tezkor tadbirda Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaro Nexia rusumli avtomobilida Marg‘ilon hududida harakatlanayotganda mashinadan 996 gramm gashishni uloqtirib, voqea joyidan qochishga uringanda ushlangan. 

 

Mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ularga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent va Farg‘onada 8 kilogrammga yaqin gashishning tarqalishi to‘xtatib qolindi | Zamon.uz