O'zbekiston

Toshkentda garovga qo‘yilgan Chery xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaroning bankdan 380 mln qarzi bo‘lgan.

Toshkentda garovga qo‘yilgan Chery xatlandi

Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi Alohida muhim ishlarini ijro etish shoʻbasi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining 2025 yil 5 noyabrdagi ijro varaqasiga asosan ijro ishi yuritilmoqda.

 

Sud hujjatiga muvofiq, qarzdor S.Yu.dan undiruvchi bank foydasiga 380 467 625 so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish belgilangan. Shuningdek, kredit majburiyatlarini taʼminlash maqsadida garov sifatida rasmiylashtirilgan mol-mulkka undiruv qaratish nazarda tutilgan.

 

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli bo‘lgan 2024 yilda ishlab chiqarilgan "Chery Aiqar EQ7" rusumli avtomashina aniqlanib, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq xatlov qilindi.

 

Qarzdorga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish uchun belgilangan muddat berildi hamda bu haqda tegishli tartibda ogohlantirildi. Biroq, berilgan imkoniyatlarga qaramasdan, qarzdor tomonidan bank oldidagi kredit majburiyatlari bajarilmadi.

 

Shundan so‘ng ijro hujjati talablarini taʼminlash maqsadida majburiy ijro choralari qo‘llanilib, xatlangan avtomashina belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarildi.

 

Qonunchilik talablariga muvofiq, auksion savdolaridan tushgan pul mablag‘lari birinchi navbatda undiruvchi bankning qarzdorlik summasini qoplashga yo‘naltiriladi.

 

Kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish har bir fuqaroning moliyaviy intizomini namoyon etadi. Aks holda, kredit taʼminoti sifatida garovga qo‘yilgan mol-mulk qonun doirasida realizatsiya qilinishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda garovga qo‘yilgan Chery xatlandi | Zamon.uz