O'zbekiston

Toshkentda yangi san’at maskani: "ARTepa" galareyasi ochildi

Tadbir doirasida taniqli rassom Dilorom Mamedovaning “100 ta noyob asari” nomli ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Toshkentda yangi san’at maskani: "ARTepa" galareyasi ochildi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda san‘at va madaniyat sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Shavkat Mirziyoyev boshchiligida madaniyat va san‘atni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar natijasida Yangi O‘zbekistonda badiiy uyg‘onishning yangi bosqichi yuzaga kelmoqda. Bu jarayon mahalliy rassomlarning ijodiy salohiyatini yana-da keng namoyon etishiga hamda xalqaro san‘at maydonida faol ishtirok etishiga zamin yaratmoqda.

Yangi ochilgan Astronomiya bog‘i hududida joylashgan “ARTepa” san‘at galereyasining Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti huzurida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Galereya O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashabbusi bilan barpo etilgan.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan  Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi  Aziz Abduhakimov Yangi O‘zbekistonda san’at va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda yangi davr boshlangan bo‘lib, bu jarayon san’at rivojiga ham katta turtki bermoqda.

“Hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda yangi davr boshlandi. Yurtimiz rassomlari yaratilgan imkoniyatlardan ruhlanib, xalqaro maydonlarda o‘z iste’dodini namoyon etishmoqda. Atrof-muhitni asrash sohasiga bo‘lgan alohida e’tibor sabab so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ushbu mavzuga bag‘ishlangan qator yirik xalqaro plenerlar tashkil etildi. Xorijiy mamlakatlar haykaltaroshlari ishtirokida xalqaro haykaltaroshlik simpoziumlarini o‘tkazish ham yaxshi an’anaga aylanib ulgurdi”, — dedi u.

Qayd etilishicha, “ARTepa” san’at galereyasi ushbu yo‘nalishdagi navbatdagi yirik loyiha bo‘lib, u madaniy qadriyatlarni saqlash, yaratish, o‘rganish, targ‘ib etish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim madaniy maskan hisoblanadi. Galereya faoliyatida atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish g‘oyalarini ilgari surish, ekologik madaniyatni shakllantirish hamda iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan ilmiy va madaniy-ma’rifiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur galereya nafaqat tasviriy san‘at namunalari namoyish etiladigan maskan, balki ekologiya, tabiat va madaniyat uyg‘unligini targ‘ib qiluvchi ijodiy platforma sifatida ham faoliyat yuritishi kutilmoqda. Bu yerda kelgusida xalqaro ko‘rgazmalar, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari hamda san‘atga bag‘ishlangan ilmiy-madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Galereya ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan “Dilorom Mamedovaning 100 ta noyob asari” ko‘rgazmasi san‘at ixlosmandlari uchun muhim madaniy voqea bo‘ldi. Ko‘rgazmada rassom tomonidan Green University fondiga beg‘araz tarzda topshirilgan 100 ta noyob asar namoyish etilmoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, “Dilorom Mamedovaning 100 ta noyob asari” ko‘rgazmasi ikki oy davomida tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.