Jahon

Tramp Putinning Eron uranini Rossiyaga ko‘chirish taklifini rad etdi

Mazkur taklif AQSh-Isroil va Eron urushini yakunlash bo‘yicha kelishuvning bir qismi sifatida ko‘rilgan.

Tramp Putinning Eron uranini Rossiyaga ko‘chirish taklifini rad etdi

Axios nashri xabariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda Eronning boyitilgan uran zaxirasini Rossiyaga olib chiqish g‘oyasini ilgari surgan. Bu taklif AQSH va Eron o‘rtasidagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvning bir qismi sifatida ko‘rilgan.

 

Manbalarga ko‘ra, Tramp ushbu taklifni rad etgan. Chunki AQSH va Isroil uchun urushdagi asosiy maqsadlardan biri — Eronning 60 foizgacha boyitilgan 450 kilogramm uranini nazoratga olish hisoblanadi. Mutaxassislar bu miqdor qisqa vaqt ichida qurol yaratishga yetarli ekanini aytmoqda.

 

Rossiya avval ham Eronning past darajada boyitilgan uranini 2015-yilgi yadro kelishuvi doirasida saqlagan va uranni qabul qilish imkoniyatiga ega davlatlardan biri hisoblanadi.

 

Shuningdek, AQSH mudofaa vaziri Pit Hegset Vashington Eronning yuqori darajada boyitilgan uranini nazoratga olish bo‘yicha bir nechta variantlarni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, variantlardan biri Tehronning uran zaxirasini ixtiyoriy ravishda topshirishidir.

 

AQSH prezidenti esa hozircha boyitilgan uranni qo‘lga olish ustuvor vazifa emasligini, biroq bu masala keyinchalik ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp Putinning Eron uranini Rossiyaga ko‘chirish taklifini rad etdi | Zamon.uz