O'zbekiston

Chilonzorda narkokuryerlarni qo‘lga olgan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

Inspektor tomonidan qo‘lga olingan shaxsdan 295 dona pregabalin kapsulasi topilgan.

Chilonzorda narkokuryerlarni qo‘lga olgan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

Toshkentning Chilonzor tumani hududida narkotik vositalar tarqatish bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga olishda faol ishtirok etgan profilaktika inspektori, kapitan Laziz Abdukarimovga xizmatdagi jasorati uchun muddatidan oldin mayor unvoni berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi hamda hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida sodir bo‘lgan. 13-mart kuni Xirmontepa mahallasi profilaktika inspektori xizmat vazifasini bajarish jarayonida ko‘chada shubhali harakatlanayotgan ikki nafar shaxsni tekshirish maqsadida to‘xtatgan.

 

Biroq gumonlanuvchilar xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmay qochishga uringan. Profilaktika inspektori ulardan birini quvib yetib, qo‘lga olgan. Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv davomida gumonlanuvchining yonidagi sumkadan 59 ta zip-paketga qadoqlangan 295 dona pregabalin turidagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlangan.

 

Tezkor surishtiruv davomida qo‘lga olingan shaxs mahalla hududidagi bir nechta joylarga yashirib qo‘ygan hamda geolokatsiya orqali belgilab ketgan dori vositalari ham topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

 

Keyinchalik jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumonlanuvchining qochib ketgan sherigi Shayxontohur tumani hududida qo‘lga olingan. Uning yonidan ham tarqatish uchun tayyorlangan 35 dona kuchli ta’sir qiluvchi kapsula aniqlangan.

 

Profilaktika inspektori Laziz Abdukarimovning xizmat vazifasini sidqidildan bajargani hamda murakkab vaziyatda qat’iyat bilan harakat qilgani inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyrug‘i bilan unga muddatidan oldin mayor unvoni berilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Chilonzorda narkokuryerlarni qo‘lga olgan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi | Zamon.uz