Jahon

Eron AQSh bilan urushni tugatish shartlarini e’lon qildi

AQSh esa mojaroni Eron to‘liq taslim bo‘lmaguncha yakunlash niyatida emasligini ma’lum qilgan.

Eron AQSh bilan urushni tugatish shartlarini e’lon qildi

Eron AQSh bilan urushni tugatish bo‘yicha o‘z shartlarini e’lon qildi. Tehron mojaroni yakunlash masalasini faqat ma’lum talablar bajarilganidan keyin muhokama qilishga tayyorligini bildirgan.

 

Eron rasmiylariga ko‘ra, mamlakat AQSh bilan davom etayotgan mojaroni tugatish uchun ikki asosiy shartni ilgari surgan. Bu haqda Eron siyosiy arbobi, Maqsadga muvofiqlikni aniqlash kengashi a’zosi Mohsen Rizoiy ma’lum qilgan.

 

Uning ta’kidlashicha, birinchi shart — AQSh tomonidan urush davomida yetkazilgan zarar uchun to‘liq kompensatsiya to‘lanishi.

 

Ikkinchi shart esa Amerika harbiy kuchlarining Fors ko‘rfazi hududidan to‘liq olib chiqilishi hisoblanadi.

 

Rizoiyning so‘zlariga ko‘ra, Tehron urushni tugatish masalasini faqat ushbu talablar bajarilganidan so‘ng muhokama qilishga tayyor.

 

Avvalroq Eronning oliy rahbari lavozimini egallagan Mojtaba Xomanaiy ham Yaqin Sharq davlatlarini o‘z hududlarida joylashgan AQSh harbiy bazalarini yopishga chaqirgan va urush oqibatida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya talab qilgan edi.

 

Shu bilan birga, Donald Tramp boshchiligidagi AQSh ma’muriyati mojaroni boshqa nuqtai nazardan baholamoqda. Vashington Tehron bilan kelishuv faqat Eron to‘liq taslim bo‘lgan taqdirdagina amalga oshishi mumkinligini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron AQSh bilan urushni tugatish shartlarini e’lon qildi | Zamon.uz