O'zbekiston

“INSON” filmining ikkinchi soni premyerasi bo‘lib o‘tadi

Yangi film Qoraqalpog‘istondan bo‘lgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum uch nafar bolaning hayoti haqida hikoya qiladi.

“INSON” filmining ikkinchi soni premyerasi bo‘lib o‘tadi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan an’anaviy tarzda amalga oshirib kelinayotgan “INSON” loyihasi doirasida filmning ikkinchi soni premyerasi o‘tkaziladi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda mazkur filmning ilk soni namoyish etilgan bo‘lib, unda Namangan viloyatida yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxsning hayotiy sinovlarga qaramay namoyon etgan jasorati va matonati asosida ta’sirli hikoya tasvirlangan edi. Film “Ikki taqdir, bir makon: o‘xshash og‘riqlar, sinovlarda yengilmagan insonlar. Baxt o‘z maqsadini unutmay harakat qilganlarni sevadi” g‘oyasi asosida yaratilgan.

 

Yangi son qahramonlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lgan, yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan uch nafar bola hisoblanadi. Ularning hayotida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar muhim ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgani filmda yoritiladi.

 

                   

 

Kartinada bolalarning mehribonlik uyida tarbiyalanib, keyinchalik kichik hajmdagi oilaviy bolalar uylarida ulg‘aygani, ularning hayot yo‘li, orzu-intilishlari va kelajak sari intilishi ta’sirli tarzda namoyish etilgan.

 

Shuningdek, 2025-yil 1–2-may kunlari O‘zekspomarkaz milliy ko‘rgazmalar majmuasida agentlik tomonidan har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasi o‘tkazilgan edi.

 

Unda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etilgan.

 

                           

 

Ko‘rgazma doirasida “Muvaffaqiyatlar tarixi” loyihasi ham ilk bor taqdim etilib, ijtimoiy va psixologik yordam, reabilitatsiya, kasbga tayyorlash hamda bandlik orqali jamiyatda o‘z o‘rnini topgan insonlarning ilhomlantiruvchi hayot yo‘llari haqida hikoyalar namoyish qilingan. Tadbir davomida Orazbayev Murat, Uzaqbergenov Berdaq va Yerimbetov Abdulaziz ijrosida “Inson” qo‘shig‘ining premyerasi ham bo‘lib o‘tgan.

 

“INSON” filmining ikkinchi soni oddiy insonlarning hayoti, his-tuyg‘ulari, qiyinchiliklari va yutuqlari haqida hikoya qiluvchi ta’sirli kartina hisoblanadi. Filmda mehr-oqibat, qo‘llab-quvvatlash va ichki kuch orqali inson qadr-qimmati qanday namoyon bo‘lishi ochib beriladi.

 

                       

 

Kartina real voqealar asosida yaratilgan bo‘lib, unda og‘ir sinovlarni boshdan kechirgan, ammo taslim bo‘lmay hayotda o‘z yo‘lini topishga intilayotgan yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar taqdiri yoritiladi. Filmning o‘ziga xos jihati shundaki, unda aktyor sifatida aynan shu voqealarni boshidan o‘tkazgan insonlarning o‘zi ishtirok etadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“INSON” filmining ikkinchi soni premyerasi bo‘lib o‘tadi | Zamon.uz