O'zbekiston

Isroilning havo hujumiga qarshi raketa zaxirasi kamaymoqda

Mutaxassislar zaxiralar 2025-yildagi 12 kunlik Eron–Isroil urushi vaqtida qisman sarflanganini ta’kidlamoqda.

Isroilning havo hujumiga qarshi raketa zaxirasi kamaymoqda

Semafor nashri xabar berishicha, Isroil rasmiylari AQShga Eron bilan ehtimoliy urush sharoitida ballistik raketalarni tutib qoluvchi tizimlar zaxirasi kamayib borayotganini ma’lum qilgan.

 

Manbalarga ko‘ra, mojaro boshlanishi arafasidayoq Isroilning bunday vositalar zaxirasi cheklangan bo‘lgan. Bunga 2025-yilda yuz bergan 12 kunlik Eron–Isroil urushi davomida tutib qoluvchi raketalar qisman sarflangani sabab bo‘lgan.

 

Shuningdek, CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Eron raketalarga kassetali o‘q-dorilar qo‘shishni boshlagani Isroil mudofaa tizimlariga tushayotgan yuklamani yanada oshirishi mumkin.

 

AQSh rasmiylari Isroilning bu muammosidan bir necha oydan beri xabardor ekanini bildirgan. Amerikalik amaldorlardan biri bu holat kutilganini ta’kidlab, Vashingtonda bunday tutqichlar taqchilligi kuzatilmayotganini qayd etgan.

 

Xabarda aytilishicha, Isroil zarur bo‘lsa qiruvchi samolyotlardan ham foydalanishi mumkin, biroq uzoq masofali raketalarga qarshi kurashishda tutib qoluvchi raketalar eng samarali vosita hisoblanadi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil iyun oyida AQSh Eron bilan 12 kunlik urush davomida 150 dan ortiq THAAD tutqichlarini joylashtirgan bo‘lib, bu o‘sha paytdagi AQSh zaxirasining qariyb chorak qismini tashkil etgan. Shuningdek, urushning dastlabki besh kunida qiymati qariyb 2,4 milliard dollar bo‘lgan Patriot raketa tutqichlari ham ishga tushirilgani ma’lum qilingan.

 

Oq uy matbuot kotibi Karoline Leavittning ta’kidlashicha, AQSh zaxiralari Donald Tramp ma’muriyatining Eron bo‘yicha strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun “yetarli darajadan ham ortiq”.

 

Shu bilan birga, Reuters manbalariga ko‘ra, Yaqin Sharq davlatlari urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga urinayotgan bo‘lsa-da, Vashington hozircha bunday tashabbuslarga qiziqish bildirmagan. Muzokaralar uchun vositachilik qilishga harakat qilayotgan davlatlardan biri sifatida Ummon tilga olinmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Isroilning havo hujumiga qarshi raketa zaxirasi kamaymoqda | Zamon.uz