O'zbekiston

Aholi 16–31 mart kunlari yana 50 kub metr gazga arzonlashtirilgan narxda to‘lov qiladi

Mazkur 50 kub metr gaz uchun ham iste’molchilar bazaviy me’yor doirasidagi narxda, ya’ni 1800 so‘m emas, 1000 so‘mdan to‘lov amalga oshiradi.

Aholi 16–31 mart kunlari yana 50 kub metr gazga arzonlashtirilgan narxda to‘lov qiladi

16-martdan boshlab aholi iste’molchilari oy oxirigacha qo‘shimcha 50 kub metr tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor doirasidagi narxda to‘lov amalga oshiradi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lum qildi.

 

Avvalroq mart oyining boshida respublika hududlarida havo haroratining keskin sovib ketgani sabab tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan oylik bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirilgani haqida xabar berilgandi.

 

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 16–20-mart kunlari respublika hududlarida havo harorati kunduzi +22°C gacha, kechasi esa +10°C atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan 16-martdan 1-noyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha tabiiy gaz iste’moli uchun bazaviy me’yor amal qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa bu tartib 1-oktyabrgacha davom etadi.

 

Mart oyi uchun hisob-kitoblarga ko‘ra, bir oylik 500 kub metr bazaviy me’yor oyning birinchi yarmi — 1–15 mart kunlari uchun teng ulushlarda taqsimlanganda 250 kub metrni tashkil etadi. Oyning ikkinchi yarmi — 16–31 mart kunlari uchun esa bir oylik 100 kub metr bazaviy me’yor proporsional taqsimlanganda 50 kub metrga teng bo‘ladi.

 

Mazkur 50 kub metr gaz uchun ham aholi iste’molchilari bazaviy me’yor doirasidagi narxda, ya’ni 1800 so‘m emas, 1000 so‘mdan to‘lov amalga oshiradi.

 

Shuningdek, tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha hisob-kitoblarga oid murojaatlar yuzasidan Hududgazta’minot AJ va uning hududiy filiallari tomonidan tushuntirishlar berilishi bildirilgan.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti qaroriga muvofiq ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oy kompensatsiya ajratilishi davom etmoqda.

 

Qarorga ko‘ra, kompensatsiya miqdori elektr energiyasi uchun oyiga bazaviy me’yordan ortiq — 200 kVt·soatdan keyingi 150 kVt·soatgacha bo‘lgan qismni, tabiiy gaz uchun esa qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan hajmni qoplaydi.

 

Avval kompensatsiyalar faqat qish mavsumida berilgan bo‘lsa, endilikda ular yil davomida har oyda taqdim etilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qasddan soliq to‘lamaganlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Daromad yoki soliq solinadigan obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish hamda soliqlarni to‘lamaganlik uchun jarimalar oshirildi.

custom img

“Aholi murojaatlariga befarq bo‘lganlar lavozimidan ketadi”— Toshkent viloyati hokimi

Zoyir Mirzayev mansabdorlarni tanqid qildi.

custom img

“Narkobiznesning ’moliyaviy arteriyalar’i bo‘g‘ib qo‘yilsa, bu illat yo‘qoladi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro forum ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

custom img

Samarqandda transmilliy narkotahdidlarga qarshi forum ish boshladi

Tadbirda 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tuzilmalar vakillari ishtirok etadi.

custom img

Golden House ustidan o‘rganish boshlandi: Iste’molchilarga 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi

2025-2026-yillarda Raqobat qo‘mitasiga mazkur qurilish kompaniyasi ustidan 70 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.

custom img

O‘zbekistonlik 82 nafar ziyoratchi Turkiyadagi aeroportda qolib ketdi

Bunga turistik firmalar o‘z majburiyatlarini yetarli darajada bajarmagani sabab bo‘lgan.

custom img

Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi

2-sinf o‘quvchisi qariyb uch yildan buyon ingliz tilini o‘rganib kelgan.

custom img

O‘zbekistonda chorvalarda oqsil kasalligi xavfi sabab sanitariya oyligi e’lon qilindi

48 ta davlatda oqsil kasalligining yangi tiplari qayd etilgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"