O'zbekiston

Ahror Burhonov Vashingtonda O‘zbekistonning ilk bosh konsuli bo'ldi

U so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi sifatida ishlab kelgan.

Ahror Burhonov Vashingtonda O‘zbekistonning ilk bosh konsuli bo'ldi

Ahror Burhonov AQSHning Vashington shtatida O‘zbekistonning ilk bosh konsuli sifatida diplomatik faoliyatini boshladi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

 

Abror Burhonov so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan va yangi diplomatik vazifani boshlayotganini aytgan. Burhonov o‘z murojaatida birgalikda amalga oshirilgan tashabbuslar va loyihalar uchun ustozlari, hamkasblari va barcha sheriklarga minnatdorlik bildirgan.

 

Yangi lavozimida u Vashington shtatida O‘zbekiston fuqarolari manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish hamda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan diplomatik faoliyat olib boradi.

 

Vashington shtatida O‘zbekiston bosh konsulligini tashkil etish AQSHning g‘arbiy sohilidagi hududlar bilan hamkorlikni kengaytirish, investitsiya va biznes aloqalarini rivojlantirish hamda o‘zbekistonlik fuqarolarga konsullik xizmatlarini yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.