O'zbekiston

Andijonda 5 kishi ayolni samosud qilib, sochini olib tashladi

Samosud qilgan shaxslar qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijonda 5 kishi ayolni samosud qilib, sochini olib tashladi

Andijon viloyatida bir ayolni majburan avtomobilga o‘tkazib, ovloq joyga olib borib sochini olib tashlagan besh nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB ma’lum qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1991-yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan va hozirda Andijon shahrida yashovchi ayol 1998-yilda tug‘ilgan boshqa bir ayolni turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatda bo‘lganlikda ayblab, undan qasos olishni rejalashtirgan.

 

2025-yil 23-dekabr kuni u davolanib yotgan shifoxonaga 1995, 2004 va 2001-yillarda tug‘ilgan tanish ayollari orqali jabrlanuvchini olib kelgan. Shifoxonada ayolga nisbatan turli nojo‘ya harakatlar sodir etilib, u tahqirlangan hamda bu jarayon videoga olingan.

 

Shundan so‘ng gumonlanuvchi ayol o‘zining tanishlari — 1999 va 1998-yillarda tug‘ilgan ikki nafar erkakni chaqirib, jabrlanuvchini ovloq joyga olib borib sochlarini olib tashlashni buyurgan. Natijada ayol oq rangli Gentra avtomobiliga majburan o‘tkazilib, Andijon tumani Jevachi mahallasi hududidagi xilvat joyga olib borilgan. U yerda 1999-yilda tug‘ilgan erkak tomonidan uning sochlari mashinka yordamida olib tashlangan.

 

Mazkur jarayon 1995-yilda tug‘ilgan ayol tomonidan videoga olingan va keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

 

Holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Gumonlanuvchi sifatida besh nafar shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur ish Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijonda 5 kishi ayolni samosud qilib, sochini olib tashladi | Zamon.uz