Jahon

BAA havo hududining qisman yopilishi 23-martgacha uzaytirildi

Cheklovlar AQSH–Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy keskinlik fonida joriy etilgan.

BAA havo hududining qisman yopilishi 23-martgacha uzaytirildi

Birlashgan Arab Amirliklari mamlakat havo hududining qisman yopilishi muddatini yana bir haftaga uzaytirdi. Bu haqda Yaqin Sharqdagi havo harakatini boshqarish xizmatlaridagi manbaga tayanib, TASS axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, havo hududi 23-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 ga qadar qisman yopiq bo‘lib qoladi.

 

Qayd etilishicha, mahalliy aeroportlarga amalga oshiriladigan hamda u yerdan uchib ketadigan reyslar uchun oltita maxsus yo‘nalish belgilangan. Ushbu yo‘nalishlar qo‘shni Ummon va Saudiya Arabistoni havo hududi bilan chegaradagi nazorat-o‘tish punktlariga olib boradi.

 

Shuningdek, ekipajlarga havo harakatini boshqarish markazlari tomonidan berilayotgan tezkor ma’lumotlarni muntazam kuzatib borish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

 

Mazkur cheklovlar AQSH va Isroilning Eronga qarshi olib borayotgan harbiy operatsiyalari hamda Tehronning bunga javoban Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy bazalariga uyushtirayotgan hujumlari fonida joriy etilgan.

 

Avvalroq BAA havo hududi qisman yopilgani sababli 16-mart kuni Toshkentdan Dubayga amalga oshirilgan ayrim reyslar ortga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

BAA havo hududining qisman yopilishi 23-martgacha uzaytirildi | Zamon.uz