O'zbekiston

Bo‘ka tumanida soliq inspektori pora olayotgan vaqtida ushlandi

Bo‘ka tumanida soliq inspektori pora olayotgan vaqtida ushlandi.

Bo‘ka tumanida soliq inspektori pora olayotgan vaqtida ushlandi

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida soliq organi xodimi pora olish bilan bog‘liq jinoyatda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, tuman soliq inspeksiyasining bosh inspektori paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbarining ishonchiga kirib, xo‘jalikning soliq organlari oldidagi 165,6 mln so‘m miqdoridagi qarzdorligini to‘lash muddatini viloyat soliq boshqarmasidagi tanishlari orqali uzaytirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u fermerdan 10 mln so‘m talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh inspektor so‘ralgan pulni xizmat xonasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Shuningdek, fuqarolar bunday qonunbuzilish holatlariga duch kelsa, Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qilishi mumkinligi eslatildi. Shaxsiy ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev Buxorodagi “Nigora” toʻqimachilik korxonasiga tashrif buyurdi

Bu yerda 840 nafar xodim ish bilan taʼminlangan bo'lib, ularning aksariyatini ayollar tashkil etadi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Xattotlik maktabi tashkil etildi

Xattotlik maktabi nafaqat ta’lim muassasasi, balki ilmiy-tadqiqot va madaniy markaz sifatida faoliyat yuritadi.

custom img

Xonandalar uchun yangi soliq tizimi: jamoatchilik muhokamasi yakunlandi

Muhokama jarayonida loyiha yuzasidan 130 ta taklif va mulohaza kelib tushgan.

custom img

Toshkentda xodimlariga daydi topishni buyurgan IIB amaldori ishdan bo‘shatildi

U daydi topolmagan xodimlarga qarindoshi yoki o‘zini “daydi” sifatida rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

custom img

“Media haftalik”ning yana bir bosqichi Xorazmda yakunlandi

Dastur davomida ishtirokchilar media sohasiga oid nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham egalladi.

custom img

2026–2027 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul tartibi tasdiqlandi

Qabul jarayonlari onlayn platformalar orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

custom img

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi

Katta miqdordagi oltin saqlovchi rudalar va maxsus uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"