Jahon

Erondagi vaziyat Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikistonga ta’sir qilishi mumkin

2025-yilning birinchi yarmida Tojikiston Erondan 600 mln dollarlik mahsulot import qilgan.

Erondagi vaziyat Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikistonga ta’sir qilishi mumkin

Erondagi keskin vaziyat Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu holatdan eng ko‘p zarar ko‘rishi ehtimoli bo‘lgan davlatlardan biri Tojikiston hisoblanadi.

 

RANEPA mutaxassisi Anatoliy Tixonovning ta’kidlashicha, 2025-yilning birinchi yarmida Tojikiston Erondan qariyb 600 million dollarlik mahsulot import qilgan.

 

Ekspertga ko‘ra, iqtisodiy resurslari cheklangan respublika uchun bu ko‘rsatkich, ayniqsa oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.

 

Sputnik Tajikistan xabariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi mojaro mintaqada logistika va sug‘urta xarajatlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Bu esa Markaziy Osiyo davlatlari uchun tashqi savdo xarajatlarini ko‘paytirishi ehtimolini kuchaytiradi.

 

Mutaxassislar qayd etishicha, Eron Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun okeanlarga chiqish imkonini beradigan asosiy transport yo‘llaridan biri hisoblanadi. Shu sababli mintaqadagi keskinlik savdo va tranzit jarayonlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Tahlilchilarning fikricha, iqtisodiy va transport imkoniyatlari nisbatan cheklanganligi sababli Tojikiston bunday vaziyatga boshqa davlatlarga qaraganda ancha zaif bo‘lishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.