O'zbekiston

IJQKD katta tezkor vakili 85 million so‘m pora bilan qo‘lga olindi

Katta tezkor vakil tadbirkorga elektron doskalarni davlat maktabiga tannarxidan qimmatga sotib berishni va’da qilgan.

IJQKD katta tezkor vakili 85 million so‘m pora bilan qo‘lga olindi

Jizzax viloyatida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Paxtakor tuman bo‘limi katta tezkor vakili davlat manfaatiga qarshi jinoyat qilganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Zamon.uz’ga ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tezkor vakil shaxsiy boylik orttirish maqsadida muqaddam sudlangan tanishi bilan hamkorlikda, texnika ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari ishonchini qozongan. Ular Jizzax shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan 20 ta interaktiv doskalarni qimmat narxda sotib olish bo‘yicha elektron shartnoma tuzishda "g‘oliblik"ni qo‘lga kiritishga va’da bergan.

 

Tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, katta tezkor vakil interaktiv doskalarni haqiqiy narxi 15,2 mln so‘m bo‘lgani holda, 25 mln so‘mdan sotishga harakat qilgan. Shu tariqa, ular o‘z “xizmatlari” uchun 85 mln so‘m talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va prokuratura organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tezkor vakilning tanishi 85 mln so‘mni olayotgan vaqtda ushlangan. Keyinroq, katta tezkor vakil va maktab direktori o‘z yashash xonadoni oldida tanishidan 30 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, IJQKD Paxtakor tuman bo‘limi katta tezkor vakili hamda maktab direktoriga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. 

 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

IJQKD katta tezkor vakili 85 million so‘m pora bilan qo‘lga olindi | Zamon.uz