Jahon

Netanyahu tirik ekan Isroil doimo kimnidir dushman sifatida ko‘radi — Turkiya tashqi ishlar vaziri

Turkiya mamlakatni hech kim Yaqin Sharqdagi mojaroga torta olmasligini bildirdi.

Netanyahu tirik ekan Isroil doimo kimnidir dushman sifatida ko‘radi — Turkiya tashqi ishlar vaziri

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyahu hokimiyatda ekan, Isroil har doim kimnidir o‘ziga dushman sifatida ko‘rishini aytdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

 

“Doim dushman "paydo qilish" unga o‘z siyosatini olg‘a surish uchun kerak. Isroil xavfsizlik ortidan emas, ko‘proq yer egallash ortidan quvmoqda. Netanyahu bu g‘oyadan voz kechmas ekan, Yaqin Sharqda doimo urush bo‘laveradi”, — dedi Fidan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil mintaqada tashqi aralashuvlar orqali o‘z geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirmoqda. Fidan Isroil hukumati G‘azodagi sulh kelishuvini buzishda davom etayotganini va u yerdagi gumanitar vaziyat kun sayin yomonlashayotganini qayd etdi.

 

Shuningdek, Fidan Netanyahu “Hizbulloh”ga qarshi kurash bahonasi bilan Livanda yangi qirg‘in sodir etishi mumkinligidan xavotirda ekanini bildirdi. U xalqaro hamjamiyatni Isroil tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi.

 

Hoqon Fidanning ta’kidlashicha, Turkiya davom etayotgan adolatsiz urushda ishtirok etishni istamaydi va mamlakatni mojaroga jalb qilishga bo‘lgan har qanday urinishlarga qat’iy qarshi. Anqara provokatsiyalarga berilmaslikka qaror qilganini va mamlakatning harbiy hamda tiyib turish salohiyati juda yuqori ekanini bildirdi.

 

“Turkiya strategik jihatdan kuchini qachon va qayerda ishlatishni yaxshi biladi. Biroq urushni imkoni boricha tezroq diplomatik yo‘l bilan hal qilish zarur. Eronga qilingan hujumlar darhol to‘xtatilishi kerak, shuningdek, Eronning qo‘shni davlatlarga hujumlari ham to‘xtashi lozim. Shu bilan birga, tomonlar tez orada muzokaralarga qaytishi kerak”, — deya fikr bildirdi Turkiya TIV rahbari.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.