Jahon

Netanyaxuning oʻlimini rad etuvchi video sun’iy intellekt yordamida yaratilgan

Videoda qahva idishidagi suyuqlik harakat qilmagan va miqdori kamaymagan.

Netanyaxuning oʻlimini rad etuvchi video sun’iy intellekt yordamida yaratilgan

Eronning Tasnim axborot agentligi xabariga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘limi haqidagi mish-mishlar fonida e’lon qilgan video sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan bo‘lishi mumkin.

 

Videoda Netanyaxu mamlakatdagi kafelardan birida qahva ichib, turli savollarga javob berayotgani ko‘rinadi. Shu bilan birga, internet foydalanuvchilari videoda bir nechta shubhali tafsilotlar mavjudligini ta’kidlashmoqda.

 

Masalan, Netanyaxu qahvani ichayotgandek ko‘rinayotgan paytda ham qahva idishidagi suyuqlik harakat qilmaydi va miqdori kamaymaydi.

 

Videodagi Bosh vazirning yuz ko‘rinishi uning haqiqiy suratlaridan farq qiladi.

 

Kadrlar va tafsilotlar ayrim foydalanuvchilar tomonidan sun’iy intellekt orqali yaratilganiga shubha uyg‘otadi.

 

So‘nggi kunlarda Eronning raketa hujumlari fonida Netanyaxuning halok bo‘lgan yoki jarohat olganligi haqidagi mish-mishlar ijtimoiy tarmoqlar va ayrim ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Shu sababli Netanyaxu o‘zi yangi video orqali tirikligini ko‘rsatib, mish-mishlarni rad etdi.

 

Shuningdek, ayrim sun’iy intellektni aniqlash ilovalari Netanyaxu joylashtirgan videoning 96,9 foiz sun’iy intellekt tomonidan yaratilganini va haqiqiy emasligini da’vo qilmoqda. Videodagi boshqa tafsilotlar, masalan, kafedagi kassa apparati ekrani va undagi sana (2024-yil 15-mart), foydalanuvchilar orasida qo‘shimcha munozaralarga sabab bo‘lgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.