O'zbekiston

Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirilishi doirasida 6 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimi boshlandi.

Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirilishi doirasida 6 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi

Shavkat Mirziyoyev  Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimida majmua to‘liq ishga tushirilgach, 6 mingdan ortiq yoshlar yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlanishini ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 3-mis boyitish fabrikasi to‘liq ishga tushirilgach, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mis konsentratining kunlik ishlab chiqarish hajmi hozirgi 2 ming 400 tonnadan 5 ming tonnagacha oshadi. 

 

Marosimda mazkur loyiha shunchaki korxona emas, balki mamlakat sanoat qudratini yanada mustahkamlaydigan, tabiiy boyliklarni chuqur qayta ishlashga xizmat qiladigan zamonaviy industrial majmua ekani ta’kidlandi.

 

Qayd etilishicha, “Yoshlik-1” va “Qalmoqqir” konlarida jami 45 million tonna mis hamda 5 ming tonnadan ortiq oltin zaxirasi mavjud bo‘lib, ushbu zaxiralar mamlakat sanoatini kamida 100 yil davomida xomashyo bilan ta’minlaydigan kafolatli baza hisoblanadi.

 

Shuningdek, konlarda mavjud molibden, selen, tellur va reniy kabi noyob metallar yangi innovatsion yo‘nalishlardagi loyihalarni rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi aytildi.

 

Bundan tashqari, fabrikada AQSh, Germaniya, Rossiya, Xitoy va Finlyandiyaning tog‘-kon sanoatidagi ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda. Barcha texnologik jarayonlar raqamlashtirilib, sun’iy intellekt asosida yagona boshqaruv tizimiga ulanadi.

 

Mutaxassislar ushbu tizimlar joriy etilishi natijasida energiya sarfi 10 foizga, mahsulot tannarxi 15 foizga kamayib, mehnat unumdorligi esa 10 foizga oshishini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.