O'zbekiston

Oltin qazib olish hajmi 118,4 tonnaga yetkazildi

Konlarni investorlarga berish bo‘yicha shaffof tizim yaratilgani natijasida so‘nggi to‘qqiz yil ichida sohaga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilgan.

Oltin qazib olish hajmi 118,4 tonnaga yetkazildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati tubdan isloh qilinib, sohada investitsiyalar hajmi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi 3-mis fabrikasining ochilish marosimida ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, avval qimmatbaho va rangli metallarni qazib olish bilan atigi ikki kombinat shug‘ullangan. Konlarni investorlarga berish bo‘yicha shaffof tizim yaratilgani natijasida esa so‘nggi to‘qqiz yil ichida sohaga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilgan. Hozirda tarmoqda 65 ta xususiy korxona faoliyat yuritmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mustaqillikning dastlabki 25 yilida oltin qazib olish hajmi 63 tonnadan 87 tonnagacha, ya’ni 24 tonnaga oshgan. So‘nggi to‘qqiz yil ichida esa bu ko‘rsatkich yana 31 tonnaga ko‘payib, o‘tgan yili 118,4 tonnaga yetkazilgan.

 

Shuningdek, 2016-yildan buyon kumush ishlab chiqarish 1,6 barobar, uran 2,1 barobar, mis esa 1,4 barobar oshgan. Natijada sohada ishlab chiqarish hajmi 1,7 barobar o‘sib, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra 270 trillion so‘mga yetgan.

 

Ta’kidlanishicha, eng yuqori daromadli ish o‘rinlari ham aynan shu tarmoq korxonalarida shakllangan. Bugungi kunda ekskavator mashinistlari 30 million so‘mgacha, burg‘ilash mutaxassislari va yirik samosval haydovchilari 40 million so‘mgacha, geolog hamda marksheyderlar esa 70 million so‘mgacha oylik maosh olmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Oltin qazib olish hajmi 118,4 tonnaga yetkazildi | Zamon.uz