Jahon

Rim papasi Eron bilan urush Xudo tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani haqidagi fikrlarni tanqid qildi

Shuningdek, u tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatib, mintaqadagi zo‘ravonlikka barham berishga chaqirdi.

Rim papasi Eron bilan urush Xudo tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani haqidagi fikrlarni tanqid qildi

Rim papasi Leo yakshanba kuni kengayib borayotgan Eron urushida darhol o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi va urush chidab bo‘lmas zo‘ravonlikka sabab bo‘layotganini ta’kidladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Papa minglab tinch aholi halok bo‘layotgani va mintaqa aholisi azob-uqubatlar ichida qolganini ham qayd etgan.

 

Avliyo Piter maydonidagi haftalik Angelus duo marosimida Rim papasi: “Yaqin Sharq xalqlari ikki haftadan beri urushning beayov zo‘ravonliklaridan azob chekmoqda. Mas’ul shaxslarga murojaat qilaman: darhol o‘t ochishni to‘xtating!” — dedi.

 

Papa Leo shuningdek, Livan vaziyatidan ham xavotir bildirib, urush muammolarni hal qilmasligini, aksincha tinchlik uchun doimiy muzokara zarurligini aytdi. 

 

“Ba’zilar o‘zgalarni o‘ldirish qarorlarini oqlash uchun Xudoning nomidan foydalanyapti, ammo Xudo zulmat xizmatiga yollanmaydi. U har doim insoniyatga yorug‘lik, umid va tinchlik olib keladi,” — dedi papa.

 

Mazkur bayonot AQSh askarlariga urush “Xudoning ilohiy rejasining bir qismi” sifatida aytilayotgani haqida shikoyatlar paydo bo‘lganidan so‘ng berildi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rim papasi Eron bilan urush Xudo tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani haqidagi fikrlarni tanqid qildi | Zamon.uz