O'zbekiston

Rossiyada Telegramni bloklash boshlandi

Rossiyaning turli hududlaridan messenjerning ishlamayotgani yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan.

Rossiyada Telegramni bloklash boshlandi

16-mart kuni ertalab Rossiyadagi Telegram foydalanuvchilari messenjer ishlashida muammolar yuzaga kelganini bildirishdi. Bu haqda Kommersant xabar bermoqda.

 

“Сбой рф” ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 11:00 holatiga kun boshidan buyon  Telegram faoliyatida yuzaga kelgan nosozliklar yuzasida 2,5 mingdan ortiq shikoyat kelib tushgan.

 

Detector404 xizmati esa bir sutka davomida 8 mingdan ortiq nosozliklar haqida xabar qayd etgan.

 

“Foydalanuvchilarning eng ko‘p bildirgan muammolari shuki, messenjerning hech bir versiyasi — web, desktop yoki mobil — ishlamayapti. Shikoyatlarning yarmidan ko‘pi Moskva va atrof hududlardan kelgan. Shuningdek, Sankt-Peterburg va Markaziy Rossiyaning boshqa hududlaridan ham nosozliklar haqida xabarlar tushgan”, deyiladi xabarda.

 

O‘tgan hafta Davlat Dumasi VPN xizmatlari Rossiyada yarim yil ichida bloklanishi mumkinligini bildirgan edi. Axborot siyosati qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Andrey Svintsovning so‘zlariga ko‘ra, Roskomnadzorda bunday xizmatlar trafigini nazorat qilishning texnik imkoniyati mavjud, maxsus xizmatlarda esa ularni cheklash yoki bloklash vakolati bor. 

 

Roskomnadzor Svintsovning “tez orada Telegram VPN orqali ham ishlamay qolishi mumkin” degan fikriga izoh berishdan bosh tortgan.

 

“Ъ FM” so‘roviga ko‘ra, ekspertlar Telegramni bloklash allaqachon boshlanganini aytishmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Rossiyada Telegramni bloklash boshlandi | Zamon.uz