Jahon

Yaqin Sharqdagi urush saratonni davolash uchun zarur dorilar ta’minotini xavf ostiga qo‘ydi

Dori-darmonlarini yetkazib berishdagi kechikishlar saratonga chalingan bemorlarda kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi urush saratonni davolash uchun zarur dorilar ta’minotini xavf ostiga qo‘ydi

Farmatsevtika sanoati rahbarlarining Reuters'ga bildirishicha, Yaqin Sharqdagi urush Fors ko‘rfazi hududiga muhim dorilarning yetib berilishini to‘smoqda, bu esa saratonni davolash uchun zarur dorilar va sovitishni talab qiladigan boshqa davolash vositalari uchun ta’minot yo‘llarini xavf ostiga qo‘yib, kompaniyalarni reyslarni qayta yo‘naltirish hamda mintaqaga quruqlik orqali kirish yo‘llarini topishga majbur qilmoqda.

 

Ikki hafta oldin AQSh va Isroilning Eronga qilgan hujumlari bilan boshlangan va Eronning mintaqa bo‘ylab zarbalari bilan kengaygan mojarolar asosiy havo tranzit markazlarini ishdan chiqardi va dengiz yo‘llarini yopdi, bu esa dorilardan tortib oziq-ovqat va neft mahsulotlarigacha bo‘lgan tovarlarning harakatini murakkablashtirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hozircha katta yetishmovchilik kuzatilmayotgan bo‘lsa-da, mojarolar davom etsa bu holat o‘zgarishi mumkin. Ko‘rfaz mamlakatlarining dori-darmon bilan ta’minlanishi import bilan bog‘liq bo‘lib, ayrim dorilarning saqlash muddati qisqa hamda qat’iy sovitish zanjiri talab qilinadi, shuning uchun uzoq quruqlik transporti dori yetkazib berishda ma’qul yechim sifatida ko‘rilmayapti.

 

G‘arb davlatlaridagi dorixona kompaniyalari rahbarlari Fors ko‘rfaziga muqobil yo‘llarni izlayotganini va ba’zi dorilarni Saudiya Arabistonidagi Jidda va Ar-Riyod aeroportlaridan quruqlik orqali yetkazishga harakat qilayotganini bildirdi. Boshqa variantlar sifatida Istanbul va Oman ko‘rib chiqilmoqda.

 

Mintaqadagi asosiy aeroportlar, jumladan Dubay, Abu-Dabi va Doha, AQSh va Isroil hujumlariga javoban Eron tomonidan amalga oshirilgan zarbalar tufayli yopildi. Dubay va Doha Yevropani Osiyo va Afrikaga bog‘lovchi asosiy yuk tashish markazlari bo‘lib, Emirates va Etihad aviakompaniyalari hamda DHL kabi logistika firmalari xavfli dorilarni belgilangan harorat oralig‘ida saqlanishini ta’minlaydi, bu dorilar xavfsiz va samarali bo‘lishi uchun zarur hisoblanadi.

 

Antverpen menejment maktabi professori Vuter Devulf sanoat ma’lumotlariga tayanib, global havo yuklarining beshdan bir qismidan ko‘prog‘i, ya’ni muhim yoki hayotni saqlab qoluvchi dorilar va vaksinalar tashishning asosiy yo‘nalishi Yaqin Sharqdagi uzilishlarga duchor bo‘lishini bildirdi.

 

Bir rahbar ayrim dorilar uchun ishlatiladigan muqobil "sovuq zanjirli yo‘laklar" yoki haroratni nazorat qiluvchi yo‘nalishlarni bir kechada o‘rnatib bo‘lmasligidan ogohlantirdi.

 

Shuningdek, AQSh-Isroil va Eron urushi oqibatida havo yo‘llarining yopilishi tezkor jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi zarur bo‘lgan bemorlarda va onkologik kasallikka chalingan insonlarda mavjud kasallikning zo‘rayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.