Jahon

Afgʻonistondagi kasalxonaga qilingan hujum oqibatida 400 kishi halok bo‘ldi

Afgʻoniston bu hujum uchun Pokistonni ayblamoqda, biroq Islomobod ayblovlarni inkor etmoqda.

Afgʻonistondagi kasalxonaga qilingan hujum oqibatida 400 kishi halok bo‘ldi

Afgʻoniston rasmiylari Kobul shahridagi tibbiyot muassasasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida kamida 400 kishi halok bo‘lganini maʼlum qildi. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yana qariyb 250 kishi jarohat olgan.

 

Afgʻoniston tomoni mazkur hujum uchun Pokistonni ayblamoqda. Rasmiylarning bildirishicha, zarba giyohvandlikka qarshi davolash xizmatlarini ko‘rsatadigan kasalxonaga berilgan. Hujum kechqurun sodir bo‘lgan va tibbiyot muassasasi binosiga jiddiy zarar yetkazgan.

 

Afgʻoniston rasmiylari hujum fuqarolik obyektiga qaratilganini taʼkidlab, uni xalqaro huquq normalarining buzilishi sifatida baholamoqda.

 

Pokiston tomoni esa bu ayblovlarni rad etgan. Islomobod rasmiylariga ko‘ra, havo zarbalari Kobul hamda Nangarhor viloyatlaridagi nishonlarga qaratilgan bo‘lib, ular harbiy maqsadlarda foydalanilayotgan obyektlar bo‘lgan.

 

Mazkur voqea Afgʻoniston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda sodir bo‘ldi. So‘nggi haftalarda ikki davlat chegarasi hududlarida otishmalar bo‘lgani haqida ham xabarlar tarqalgan.

 

Pokiston rasmiylari mamlakat hududida sodir etilgan ayrim hujumlarda ishtirok etgan jangarilar Afgʻoniston hududida boshpana topayotganini daʼvo qilmoqda. Afgʻoniston esa bu ayblovlarni inkor etib, Pokistonni o‘z suverenitetini buzganlikda ayblamoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.