Jahon

“AQSHning Kubani egallashi bu katta sharafdir” — Donald Tramp

AQShning Kubaga neft yetkazib berilishini taqiqlagani fonida mamlakatda blekaut yuz berdi.

“AQSHning Kubani egallashi bu katta sharafdir” — Donald Tramp

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Oval kabinetda so‘zlagan nutqida Kubani egallash uning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lganini aytdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

 

“Kubani biror shaklda egallash, ha, Kubani egallash — ya’ni uni ozod qilamanmi, egallaymanmi, men u bilan xohlaganimni qila olaman, deb o‘ylayman”, — degan Tramp.

 

Shuningdek, AQSh Kubaga keladigan neft oqimini to‘xtatganidan beri birinchi marta butun mamlakat bo‘ylab blekaut sodir bo‘ldi. 

 

Kubadagi elektr tarmoqlari operatori, UNE kompaniyasi, uzilishning aniq sabablari aniqlanayotganini ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Kuba elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatish tizimi juda eskirgan bo‘lib, ilgari ham nosozliklar kuzatilgan. Hozir esa ushbu muammolarga elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i yetishmasligi ham qo‘shildi.

 

AQSH 2026-yil yanvar oyida Kubaga do‘st bo‘lgan Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroni qo‘lga olganidan keyin, Kubaga neft va neft mahsulotlari yetkazib berish amalda to‘xtadi.

 

AFP agentligi xabar berishicha, orolning turli hududlarida bir necha soatlik elektr uzilishlari odatiy holga aylangan. Mart oyining boshida esa mamlakatning asosiy elektr stansiyasidagi nosozlik tufayli mamlakatning ikki qismida elektr o‘chgandi.

 

Reuters agentligi bu yil Kubadagi portlar faqat ikkita kichik yoqilg‘i kemasini qabul qilganini bildirdi. Ulardan biri yanvarda Meksikadan Gavanaga neft yetkazgan, ikkinchisi fevralda Yamaykadan suyuq gaz (odatda gaz pechlari uchun ishlatiladi) olib kelgan.

 

Venesuela, ilgari Kubaga asosiy yoqilg‘i yetkazib beruvchi davlat bo‘lgan, bu yil hech qanday yetkazib berish amalga oshirmagan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.