O'zbekiston

“Energosavdo” muhandisi jarimani kamaytirib berish evaziga pora olayotganda qo‘lga olindi

U elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fuqaroning 1,8 mlrd so‘m miqdordagi jarima summasini 210 mln so‘mga tushirib berish evaziga pul talab qilgan.

“Energosavdo” muhandisi jarimani kamaytirib berish evaziga pora olayotganda qo‘lga olindi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali Farg‘ona bo‘linmasi muhandisining o‘z xizmat mavqeidan foydalanib fuqarodan pora talab qilgani aniqlandi. Bu haqda Zamon.uzga DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, muhandis O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaroga tegishli xonadon va xususiy bog‘chada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma yuzasidan hisoblangan jami 1,8 mlrd so‘m jarima summasini 210 mln so‘mga tushirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Muhandis so‘ralgan pul mablag‘idan 9 ming AQSH dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Energosavdo” muhandisi jarimani kamaytirib berish evaziga pora olayotganda qo‘lga olindi | Zamon.uz