Jahon

Eron JCH-2026 o‘yinlari Meksikaga koʻchirishni taklif qildi

Bunga Trampning Eron terma jamoasi xavfsizligini kafolatlashning iloji yo‘qligi haqidagi bayonotlari sabab boʻlgan.

Eron JCH-2026 o‘yinlari Meksikaga koʻchirishni taklif qildi

Eron Futbol Federatsiyasi FIFA bilan 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchta o‘yinini Qo‘shma Shtatlardan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Times ma’lum qildi.

 

Eron Futbol Federatsiyasi prezidenti Mahdi Tajning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Trampning Eron terma jamoasi xavfsizligini kafolatlashning iloji yo‘qligi haqidagi bayonotlari fonida jamoa Qo‘shma Shtatlarda o‘ynamaydi.

 

Shunga muvofiq, federatsiya FIFA bilan uchta o‘yinni Meksikada o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

 

Jahon chempionatida Eron terma jamoasi Los-Anjelesda Yangi Zelandiya va Belgiya, Sietlda esa Misr bilan o‘ynashi rejalashtirilgan.

 

Eron terma jamoasi Arizona shtatining Tuson shahrida joylashgan. Shu bilan birga, Eron rasmiylari AQSh va Isroil tomonidan fevral oyida boshlangan mojarolar tufayli bo‘lajak musobaqani boykot qilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

 

FIFA prezidenti Janni Infantino esa Tramp ilgari eronlik futbolchilarga Qo‘shma Shtatlarga sayohat qilishga ruxsat berganini ta’kidladi. Hozircha rasmiy qaror qabul qilinmagan.

 

2026-yilgi FIFA Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"