Jahon

Erondagi urush davom etsa, dunyoda ochlik rekord darajaga yetishi mumkin — BMT

Mojaro davom etsa, iyun oyiga kelib ochlikdan aziyat chekayotganlar soni 360 milliondan oshishi mumkin.

Erondagi urush davom etsa,  dunyoda ochlik rekord darajaga yetishi mumkin — BMT

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi Yaqin Sharqdagi mojaro davom etgan taqdirda global oziq-ovqat inqirozi keskin kuchayishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma’lum qildi.

 

Tashkilot ijrochi direktori o‘rinbosari Karl Skaunig ma’lum qilishicha, agar Erondagi urush va mintaqadagi keskinlik iyun oyigacha davom etsa, oziq-ovqat narxlarining oshishi oqibatida yana qariyb 45 million kishi o‘tkir ocharchilik xavfiga duch kelishi mumkin.

 

Uning ta’kidlashicha, bunday holat global ocharchilik darajasini tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biriga olib chiqadi. “Bizning tahlillarimizga ko‘ra, mojaro cho‘zilsa, narxlarning keskin oshishi yana o‘nlab million odamlarni o‘tkir oziq-ovqat tanqisligiga olib keladi. Bu esa juda xavotirli istiqbol”, — dedi Skau.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirning o‘zida dunyo bo‘ylab 319 million kishi o‘tkir oziq-ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda. Bu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda rekord darajaga yetgan.

 

Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, agar mojaro davom etsa va global oziq-ovqat bozorida narxlar yana oshsa, iyun oyiga borib ochlikdan aziyat chekayotganlar soni 360 million kishidan oshishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Erondagi urush davom etsa, dunyoda ochlik rekord darajaga yetishi mumkin — BMT | Zamon.uz