O'zbekiston

Islom sivilizatsiyasi markazi so‘z go‘zalligining oliy ifodasi

Markaz nafaqat ilm-fan xazinasi, balki Islom xattotlik san’atining oliy namunasini o‘zida ifoda etadi.

Islom sivilizatsiyasi markazi so‘z go‘zalligining oliy ifodasi

Toshkentga yangicha ko‘rkamlik berib, poytaxtimizning markazida qad rostlagan Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat ilm-fan xazinasi, balki Islom xattotlik san’atining oliy namunasini o‘zida ifoda etadi.

 

Bino devorlarida qadimiy kufiy va nafis suls xatlarida bitilgan muqaddas Qur’on oyatlari, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning hikmatli hadislarini hamda Alloh taoloning 99 go‘zal ismi (Asmaul husna) o‘ziga xos mahorat bilan joylashtirilgan.

 

Bu xattotlik durdonalari asrlar osha yashab kelayotgan islomiy qadriyatlar va ma’rifat nurini bugungi kun bilan bog‘lovchi ko‘prik kabidir. Kufiy xatining qat’iy geometrik shakllari va suls xatining maftunkor egiluvchan harakatlari uyg‘unligida aks etgan muborak bitiklar, markazga tashrif buyurgan har bir insonni tafakkurga chorlaydi.

 

Ushbu fasadlar binoning bezagi o‘laroq o‘zbek xattotlik maktabining yuksak cho‘qqisi hamda Islom olamining ma’naviy qudratini namoyish etuvchi ochiq osmon ostidagi betakror go‘zallikdir.

 

Ta’kidlash joizki, bezaklarda muqarnaslar, o‘simliksimon va geometrik naqshlar, shuningdek, Temuriylar me’morchiligiga xos firuza-oltin bilan sirlangan koshinlar ishlatilgan.

 

Matnlar bilim, mehr-shafqat, e’tiqod, adolat, ota-onaga hurmat va ruhiy kamolot kabi mavzularni ham qamrab olgan.

 

Markaz 2026-yilning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgani bejiz emas. Markazning o‘ziga xos me’moriy yechimi — ulkan gumbazi va betakror naqshlari sayyohlarga bir vaqtning o‘zida ham Islom dini go‘zalligini his qilish, ham eng zamonaviy multimedia texnologiyalari orqali virtual sayohatga chiqish imkoniyatini taqdim etadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi so‘z go‘zalligining oliy ifodasi | Zamon.uz