Jahon

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlik amaliyotini boshladi

Isroil hujumlari natijasida Livanda bir milliondan ortiq kishi uylarini tark etgan, 850 kishi halok bo‘lgan.

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlik amaliyotini boshladi

Isroil armiyasi Livan janubida “Hizbulloh” guruhiga qarshi cheklangan va maqsadli quruqlik amaliyotlari boshlanganini ma’lum qildi. 

 

Isroil harbiy kuchlari operatsiyadan ko‘zlangan maqsad — guruh a’zolari va ularning infratuzilmasini yo‘q qilishdan iborat ekanini bildirdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil ushbu maqsadda Litani daryosidan janubdagi hududni to‘liq nazoratga olishni rejalashtirmoqda.

 

The Times of Israel avvalroq janubiy Livandagi janglarda o‘nlab “Hizbulloh” jangchilari yo‘q qilinganini xabar qilgan. Bu ma’lumotni Isroil mudofaa idorasi tasdiqlab, qurol omborlari, qo‘mondonlik markazi va kuzatuv nuqtalari ham yo‘q qilinganini qo‘shimcha qilgan.

 

16-mart kuni kechqurun Germaniya, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya rahbarlari Isroilni Livandagi hujumdan voz kechishga chaqirgan. Qo‘shma bayonotda bu harakatlar “vayronkor gumanitar oqibatlarga olib kelishi va uzoq davom etuvchi mojaroni keltirib chiqarishi mumkinligi” ta’kidlangan.

 

Bayrut hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, “Hizbulloh” joylashgan hududlarga qarshi Isroil zarbalari natijasida Livanda bir milliondan ortiq kishi uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Bu mamlakat aholisining deyarli har oltinchisiga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p zarar janubiy Livan va poytaxtning janubiy qishloqlaridagi aholi uchun yuzaga kelgan. Hujumlar oqibatida taxminan 850 kishi halok bo‘lgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlik amaliyotini boshladi | Zamon.uz