Jahon

Istanbulda 7 yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilgani aniqlandi

Ma’lum qilinishicha, ayol eri tomonidan o‘ldirilib, jasadi chiqindi konteyneriga tashlangan.

Istanbulda 7 yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilgani aniqlandi

Istanbulda 2019-yilda bedarak yo‘qolgani aytilgan o‘zbekistonlik Hurriyat Tursunboyevaning o‘ldirilgani aniqlandi. Bu haqda NTV xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirilgan. Jinoyat Istanbulning Yoqolgan shaxslar byurosi qoshida tuzilgan maxsus guruh tomonidan yetti yil o‘tib qayta ko‘rib chiqilgan tergov natijasida aniqlangan.

 

Tergov davomida ayolning Maltepe tumanidagi qo‘shnilari so‘roq qilingan. Gumonlanuvchi, ya’ni marhumaning eri Ersin Y. qo‘shnilarga rafiqasi deportatsiya qilinganini aytgan. Biroq qo‘shnilar o‘sha paytda xonadondan kuchli hid kelganini bildirgan, erkak esa buni uyda kabutar boqayotgani bilan izohlagan.

 

Tekshiruvlar ayolning Turkiyadan chiqib ketgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini ko‘rsatgan. Aksincha, uning nomidagi telefon mamlakat ichida faol ishlatilgan. Marhumaning opasi bergan ko‘rsatmalariga ko‘ra, er-xotin o‘rtasida muntazam janjallar bo‘lib turgan.

 

Gumonlanuvchi rafiqasi “yo‘qolganidan” so‘ng, “meni tashlab ketdi”, deb ajrim uchun ariza bergan va 2024-yilda ayol sudga kelmagani sababli nikoh rasman bekor qilingan. Shuningdek, erkak boshqa shaxs hujjatlaridan foydalangan holda yashirinib yurgani aniqlangan.

 

Prokuratura ruxsati bilan o‘tkazilgan tekshiruvda xonadonda maxsus luminol moddasi yordamida qon izlari topilgan.

 

Ersin Y. 2026-yil 9-mart kuni Gruziyadan Turkiyaga kirib kelayotganida qo‘lga olingan. So‘roq davomida u jinoyatni tan olib, janjal vaqtida rafiqasini urib o‘ldirganini bildirgan.

 

Uning aytishicha, jasad bir muddat uyda saqlangan, so‘ng bo‘laklarga bo‘linib, chiqindi konteyneriga tashlab ketilgan.

 

Hozirda sud qarori bilan gumonlanuvchi hibsga olingan. Unga hujjatlarini berib, yordam berganlikda gumon qilingan shaxs esa sud nazorati ostida qo‘yib yuborilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.