Jahon

Jahon banki Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishini kamaytirish uchun 10,6 mln dollar grant ajratadi

Ta’mirlash ishlari orqali yiliga 47,5 ming tonna gaz sizib chiqishining oldi olinishi rejalashtirilmoqda.

Jahon banki Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishini kamaytirish uchun 10,6 mln dollar grant ajratadi

Jahon banki Oʻzbekistonda gaz transporti infratuzilmasidagi sizib chiqishlarni kamaytirish uchun 10,6 million dollar miqdorida grant ajratadi.

 

Bank tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, mamlakatdagi gaz uzatish tizimining bir qismi eskirgani hamda uzoq vaqt davomida yetarli texnik xizmat va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagani sababli gaz sizib chiqishlari va moliyaviy yo‘qotishlar yuzaga kelmoqda.

 

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirilmasa, 2030-yilga borib gazning umumiy yo‘qotishlari 1,75 milliard kubometrga yetishi mumkin. Bu esa taxminan 228 million dollar miqdorida yo‘qotilgan daromadga teng bo‘ladi.

 

Grant mablag‘lari “Oʻztransgaz” tomonidan boshqariladigan gaz uzatish tarmoqlarida sizib chiqishlarni aniqlash va bartaraf etish tizimini yo‘lga qo‘yishga yo‘naltiriladi. Loyiha Global Gas Flaring Reduction Partnership trast jamg‘armasi doirasida moliyalashtiriladi.

 

Rejalarga ko‘ra, 2029-yilga qadar amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari orqali yiliga qariyb 47,5 ming metrik tonna gaz sizib chiqishining oldi olinadi. Tejalgan gaz iste’molchilar va biznes subyektlariga yo‘naltiriladi, natijada yo‘qotishlarning kamayishi yiliga taxminan 18 million dollar iqtisodiy samara berishi kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Jahon banki Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishini kamaytirish uchun 10,6 mln dollar grant ajratadi | Zamon.uz